kontanktlar asoschilar bosh sahifa

Proyekt

Tibbiy niqobga joylangan indikator orqali
nafas yo'llari infeksiyasini
erta aniqlash.


COVID-19 pandemiyasi boshlanganidan buyon sog'liqni saqlash sohasida katta muammolar yuzaga keldi. Sog'liqni saqlash muassasalarining infeksiyalangan bemorlarning katta oqimiga keraklicha xizmat qilolmasligi bizning e'tiborimizga tushdi. Juda ko'p bemorlarda pnevmoniyaning oxirgi bosqichi aniqlangan, va bu og'ir vaziyatlarga olib kelgan.

COVID-19 virusi asosan inson tanasiga nafas yo'llari orqali kirgan va inkubatsiya davrida hech qanday alomat ko'rsatmagan, shu orqali yuqtirgan odamga uning kontaktlari orasida tarqalishiga sharoit yaratilgan.

Qanday qilib bunday dahshatli oqibatlarning oldini olish mumkin edi? Virusning erta tashxisi uning tarqalishini sezilarli darajada cheklashi mumkin.



Bizning jamoamiz olimlar va ekspress-test tizimlarini ishlab chiquvchilarining tadqiqot natijalarini o'rganib chiqdi va natijalariga ko'ra bir nechta faktlarni ajratib oldi:


1. Nafas olish tizimining yuqumli kasalliklari bo'lgan bemorlarda nafas orqali chiqish gazlarining tarkibi o'zgargan bo'lib, ular kasalliklarning mavjudligini nafas chiqarish orqali aniqlash imkonini beradi;


2. Nafas olish yo'llari infeksiyasini ekspress-tahlil asosida tezkor tekshirish uchun mo'ljallangan asboblar individual foydalanish asboblari sifatida juda yuqori narxga ega, va ularni dezinfeksiya qilish yoki bir martalik mundshtuklarni ko'p odamlarga qo'llash xavfsizlikni kafolatlamaydi.



Bu faktlar bizning jamoamizga vaziyatni og'irlashishini kutmasdan, bemorni tibbiy ko'rikdan o'tkazishni bildiradigan biomarkerning arzon versiyasini ishlab chiqishga imkon beradigan yechimlarni izlashga undadi. Bemor tibbiy muassasaga qanchalik tez murojaat qilsa, infeksiyani shunchalik kam odamga yuqtiradi.

Demak, biz sizning e'tiboringizga arzon va oddiy yechimni - biomarkerli tibbiy niqobni taqdim etmoqdamiz. Ta'sir qilish prinsipi - bu biomarkerning nafas chiqish gazlari tarkibining o'zgarishiga bo'lgan reaksiyasi.

Biomarkerning rangi chiqariladigan gazlar tarkibining o'zgarishi darajasiga qarab sariqdan jigar ranggacha o'zgaradi. Yordamchi vosita sifatida foydalanuvchiga tibbiy muassasaga murojaat qilish zarurati borligini ko'rsatadigan mobil ilovadan foydalanish tavsiya etiladi.

Ushbu biomarkerdan foydalanish iste'molchiga nima beradi? Iste'molchi infeksiyani erta bosqichda aniqlay oladi, asoratlar paydo bo'lishidan oldin davolanishni boshlaydi va atrofidagilarning infeksiyalinishini oldini oladi.


Ushbu biomarkerdan foydalanish sog'liqni saqlashga nima beradi? Tibbiyot bemorlarga infeksiyalanishning dastlabki bosqichida yordam bera oladi va u keltirib chiqaruvchi asoratlarni davolashga majbur bo'lishdan ozod qiladi. Tezyordam va reanimatsiya uskunalarini ishlatish kamayadi.

Shu bilan birga ta'kidlash kerakki, bu biomarker infeksiya borligini aniqlashga emas, faqat bemorga nafas chiqarish gazlari tarkibining o'zgarishi va nafas yo'llarida infeksiyaning mavjud bo'lishi mumkinligi, ya'ni tekshirish uchun tibbiy ko'rikdan o'tish zarurligi haqida signal beradi.

Proyekt asoschilari

Tashmatov Olim – marketing, g'oya asoschisi.


Tashmatov Ziyodulla – tibbiyot, ilmiy ishlanmalarni tadqiq qilish, kimyoviy, biologik tahlil.

Tashmatov Asadulla – dasturiy ta'minot.


Kontaktlar


e-mail

olim2310@gmail.com

Murojaat uchun shaxs

Tashmatov Olim